Alisher Ko‘chiyev Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
10:51 2175 1 daqiqa
Bugun, 22 oktyabr kuni Alisher Ismatovich Ko‘chiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegishli farmoyishni imzoladi.
Ma’lumot uchun, Alisher Ismatovich Ko‘chiyev – iqtisodchi va tadqiqotchi. U bunga qadar 2024 yil oktyabrdan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankida (AIIB) investitsiya tahlilchisi lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, 2022–2024 yillarda Uzbekistan Direct Investment Fund’da investitsiya tahlilchisi, investitsiya menejeri va investitsiya direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi