Alisher Xo‘jayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

Alisher Xo‘jayev Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 28 mart kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov uni jamoaga tanishtirgan. Shu kunning o‘zida agentlikda sohaning bugungi holati tahlili, oldinda turgan muhim vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
 
Ma’lumot uchun, Alisher Xo‘jayev 2005 yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlangan edi. 2017 yilning fevralida lavozimidan olinib, o‘rniga Xurshid Mirzohidov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga rahbar bo‘lgandi.

O‘sha yilning 3 avgustida Xurshid Mirzohidov lavozimidan ozod etilib, Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 30 avgust kuni Alisher Xo‘jayev yana O‘zMTRK rahbariga aylandi. 

Ushbu lavozimda bir muddat ishlagach, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarligiga o‘tdi. 2020 yilning mart oyida Alisher Xo‘jayev yana MTRK raisi etib tayinlandi.

Alisher Xo‘jayev 2024 yilning fevral oyi avvalida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Xo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar