Aliment hamda boshqa qarzlar plastik kartochkadan yechib olinadi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
5303Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan ijro ishi yuritishi institutini joriy qilish mo‘ljallanmoqda:
• Jismoniy shaxslardan ma’muriy jarima, soliq qarzi va davlat bojlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari majburiy ijrosi soddalashtirilgan ijro ishi yuritishi tartibida, uning ijrosi natijasiz bo‘lganda – umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
• soddalashtirilgan ijro ishi yuritishi doirasida undiruv qarzdor bilan muloqotga kirmasdan va uning yashash joyiga bormagan holda, faqatgina qarzdorning bankdagi hisob raqamlarini qidirish va undan (shu jumladan, plastik kartochkadan) qarzdorlikni so‘zsiz yechib olish orqali masofaviy amalga oshiriladi, ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik (ijro yig‘imi summasidan tashqari) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan hollarda esa, qarzdorlikni ish haqiga qaratish orqali amalga oshiriladi;
• mazkur bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan majburiy ijro choralarini qo‘llash qarzdorga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ijro etish uchun besh kalendar kuni taqdim etish va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atmasdan amalga oshiriladi, bu haqda qarzdorga tegishli xabarnoma yuboriladi;
• soddalashtirilgan ijro ishi yuritishi tartib-taomillari doirasida qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-1-moddasida (Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) nazarda tutilgan sanksiya qo‘llanilmaydi;
soddalashtirilgan ijro ishi yuritishi tartib-taomillari doirasida amalga oshirilgan ijro harakatlari vaqti qonunda belgilangan majburiy ijro muddatiga kirmaydi.
Bosh prokuratura va Markaziy bankning quyidagilarni nazarda tutuvchi aliment majburiyatlarining yagona bank hisobvarag‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinadi:
• ijro hujjatlari bo‘yicha almentlar summalarini kiritish va yechib olishga, shu jumladan qarzdorlarning oylik maoshlaridan ushlab qolishga mo‘ljallangan har bir ijro hujjati bo‘yicha yagona bank hisob raqamida ilova hisobvaraqlarini ochish;
yagona bank hisob raqami bo‘yicha mablag‘larning harakatlanishini va qarzdorning aliment majburiyatlarining bajarilishini monitoring qilish uchun yagona bank hisob raqamini Byuroning MIB PORTAL axborot tizimi bilan integratsiya qilish.
Majburiy ijro byurosi:
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Aliment majburiyatlari bo‘yicha yagona bank hisob raqamining faoliyat yuritishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi va 2020 yil 1 martdan boshlab yagona bank hisob raqamining ishlashini ta’minlaydi;
• Byuroning MIB PORTAL axborot tizimi doirasida qarzdorlarning aliment majburiyatlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishini onlayn-rejimida monitoring qilinishini ta’minlaydigan maxsus kompleks dasturini ishlab chiqadi;
davlat ijrochilarining ish yurituvidagi aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini xatlovdan o‘tkazadi, har bir ijro hujjati bo‘yicha yagona bank hisob raqamida ilova hisobvaraqlari ochilishini ta’minlaydi, bu to‘g‘risida barcha undiruvchilar va qarzdorlarni aliment bo‘yicha yagona bank hisob raqamiga pul mablag‘larini kiritish va yechib olish tartibini tushuntirgan holda xabardor qiladi, shuningdek qarzdorning oylik maoshidan ushlangan summalar o‘tkaziladigan yagona bank hisob raqami va ilova hisobvaraqlarining rekvizitlarini o‘zgartirgan holda qarzdorga maosh yoki boshqa tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘laydigan tashkilotlarga yuborilgan talabnomalarning yangilanishini ta’minlaydi.
Belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
• ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy shaxsning pasport raqami va seriyasi (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmagan jismoniy shaxs bo‘yicha – shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor-yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi;
2) ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risida ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash uchun muddatlar tugagandan so‘ng majburiy undirish uchun Byuro organlariga taqdim etiladi, shuningdek soddalashtirilgan tartibda ixtiyoriy jarimani (jarima summasining 70 foizini va uni to‘lash muddatlarini ko‘rsatgan holda) to‘lash imkoniyati to‘g‘risida huquqbuzarni xabardor qilgan holda huquqbuzarga ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risida qarorning topshirilganligini asoslovchi hujjat majburiy tartibda ilova qilinadi.
• 3) O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalarga oid talablari qayd etilgan to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi sud va boshqa organlarning tegishli qarorlari majburiy ijro etish uchun taqdim etilgunga qadar qo‘llaniladi. Qayd etilgan to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi sud va boshqa organlarning tegishli qarorlari majburiy ijro etish uchun taqdim etilgandan so‘ng, byudjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalar ijro ishi yuritishlari uchun belgilangan tartib va miqdorlarda amalga oshiriladi;
4) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning xatlangan mol-mulki boshlang‘ich narxdan 30 foizlik chegirma bilan narxni oshirib borish uslubida o‘tkaziladigan dastlabki elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi, Davlat byudjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulk hamda garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bundan mustasno.
5) mulkiy tusga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan ijro yig‘imining miqdori:
• qarzning summasi 1000 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha – undirilayotgan summaning 5 foizi;
qarzning summasi 1000 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha – undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida o‘rnatiladi.
Ijro yig‘imi qo‘llanilgan ijro ishlari birlashtirilgan taqdirda, qo‘llanilgan ijro yig‘imining miqdori o‘zgartirilmaydi.
6) ijro ishi yuritish bo‘yicha byudjetga undirilgan summalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzini undirish bundan mustasno, quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
60 foiz – Davlat byudjetiga;
30 foiz – Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
10 foiz – Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladi.
LiveBarchasi