Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan qo‘lqopsiz jang qilmoqchi

Sport

image

Boksning WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan qo‘lqopsiz jang qilishga tayyor. Bu haqda uning o‘zi "The Gloves" YouTube kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bugun Fyuri bilan ko‘chada yalang mushtlarim bilan jang qilishga tayyorman. Boksdagi faoliyatim davomida hech kimni qoralamaganman. Biz hatto boks uchun Moskvaga ham bordik, vaholanki, men bu uchun o‘z mamlakatimda katta muammolarga duch kelishim mumkin edi", deydi Usik.

Aleksandr Usik 2021 yilda og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshuani ishonchli tarzda mag‘lub etdi va shu tariqa undan barcha kamarlarni tortib oldi. Shuningdek, ukrainalik bokschi WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri bilan jang o‘tkazish va og‘ir vaznda mutlaq chempion bo‘lishga da’vo qilmoqda.

 

Shaxboz Қаҳҳоров


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing