Albaniya Eron bilan diplomatik aloqani uzdi

Olam

image

Albaniya Eronni mamlakat davlat xizmatiga kiberhujum uyushtirishda aybladi va Islom Respublikasi bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bu haqda Bosh vazir Edi Rama ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Albania Daily News”.

Qayd etilishicha, barcha eronlik diplomatlarga 24 soat ichida Albaniyani tark etish buyurilgan.

“Ushbu qaror Eron Islom Respublikasi elchixonasiga, barcha diplomatik va texnik-ma’muriy xodimlarga, shu jumladan xavfsizlik xodimlariga 24 soat ichida Albaniya Respublikasi hududini tark etishlari kerak bo‘lgan rasmiy notada ma’lum qilindi”, deydi Albaniya Bosh vaziri.

Albaniyada ta’kidlashlaricha, Eron 15 iyul kuni davlat xizmatlariga qarshi kiberhujum uyushtirishga uringan, jumladan, bu maqsadlar uchun turli guruhlarni moliyalashtirgan, kiberhujumning maqsadi tizimlarni falajlash va hukumat ma’lumotlarini o‘g‘irlash bo‘lgan.

“Hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi va yetkazilgan zararni kichik deb hisoblash mumkin va ixtisoslashgan idoralar bilan kelishilgan holda, kiberhujumni Albaniyaga hujum qilish uchun Eron tomonidan moliyalashtirgan to‘rt xil guruh amalga oshirgani isbotlandi”, deya qo‘shimcha qilgan Rama.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing