“Al-Qoida”ning o‘ldiga chiqarilgan liderining videosi tarqaldi
Olam
−
13 Sentabr 2021
27852“Al-Qoida” guruhining yetakchisi Ayman az-Zavohiriy AQSHda 11 sentyabrda sodir bo‘lgan teraktlarning 20 yilligiga bag‘ishlangan videorolikda ko‘rinish berdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bergan.
Radikal saytlarni kuzatuvchi SITE razvedka guruhining xabar berishicha, ushbu video kecha, 12 sentyabr kuni chiqarilgan. Az-Zavohiriyning nutqi 61 daqiqa 37 soniya davom etadigan videoga yozib olingan. Unda az-Zavohiriy “Quddus hech qachon yahudiy bo‘lmasligini” va “Al-Qoida”ning hujumlarini, jumladan, yanvar oyida Suriyada rus qo‘shinlariga qilingan hujumni yuqori baholagan.
Shuningdek, az-Zavohiriy 20 yillik urushdan keyin Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilganini ham qayd etgan, ammo “Tolibon” Afg‘oniston va poytaxt Qobulni bosib olgani haqida gapirmagan.
Ta’kidlanishicha, 2020 yil oxirida az-Zavohiriy o‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan, ammo bu ma’lumot tasdiqlanmagan. O‘shandan beri, bir kun oldin tarqatilgan video uning internetdagi birinchi “ko‘rinishi” bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Ayman az-Zavohiriy 2011 yilning iyun oyida “Al-Qoida” ning yetakchisiga aylangan edi. U “Misr islomiy jihodi” tashkilotining asoschisi. Vashington uni AQSH fuqarolarini mamlakat tashqarisida o‘ldirishda, qotillikka til biriktirishda va davlat idoralariga hujum qilishda ayblaydi.
LiveBarchasi