“Al-Hilol” bergan yangi taklif Messining otasiga yoqdi
Sport
−
30 may 2023 8649 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi transferi uchun dahshatli taklif kiritdi. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.
Qayd etilishicha, argentinalik Ar-Riyod jamoasi shartnomasiga rozi bo‘lsa, ikki yil ichida 1,2 milliard yevro ishlab olishi mumkin. Futbolchining otasi Xorxe Messiga bu taklif yoqqan, endi faqat Leoni ko‘ndirish qolgan.
35 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan yozda PSJdan ketadi. U o‘zining sobiq jamoasi “Barselona”ga qaytishni ham reja qilgan, ammo kataloniyaliklardagi moliyaviy muammolar bunga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Messi bu mavsumda Liga 1 da 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Chempionlar ligasida esa 7 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi