Akusherlik va ginekologiya markazida 15,3 mlrd o‘zlashtirilgan. 5 kishi hibslandi
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
8934Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya markazi ayrim mansabdor shaxslari bank xodimlari, jami 12 nafar shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, 15,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan. Bu haqda bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida o‘tgan tadbirda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
“Shundan, e’tibor bering, pullik xizmatdan tushgan 13,2 mlrd so‘m bankka topshirilmasdan, 1,1 mlrd so‘m esa, xodimlarning ish haqlari g‘aznadan ochiqdan-ochiq o‘zlashtirilgan.
Bu ham yetmaganidek, amalda ko‘rsa-tilmagan xizmatlar hamda yetkazib berilmagan jihozlar uchun 636 mln so‘m o‘tkazilib, suv va havodek zarur mablag‘ talon-taroj qilingan”, deydi Bosh prokuror.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 5 nafar mas’ul mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
LiveBarchasi