Aktyor Muhammadsoli Yusupov oilasi og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at 69989
image

O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktyori Muhammadsoli Yusupovning farzandi bastakor Sarvar Yusupov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Sarvar Yusupov 1983 yil 5 oktyabr kuni Farg‘onada tug‘ilgan. 2006 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bakalavr bosqichini, 2008 yilda magistraturasini tamomlagan. 2008-2010 yillarda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri artisti, 2010 yildan Muqimiy nomidagi teatr orkestri artisti bo‘lgan.

Sarvar Yusupov “Najot kemasi” simfoniyasi (2008), “Bahrom va Dilorom” simfonik poemasi (2006), “Ballada”, “Sarob”, “Tanovar” kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Bundan tashqari yana ko‘plab musiqiy, drama spektakllarini sahnalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Sarvar Yusupov bastakorligida sahnalashtirilgan spektakllar Muqimiy nomli davlat musiqiy teatri repertuaridan keng o‘rin olgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3415
Reyting: 3
t
×