AKT yo‘nalishidagi OTM talablari “Huawei Seeds for the Future 2021” tadbirida qatnashishmoqda

Biznes

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonning 4ta AKT yo‘nalishidagi OTM talabalari sun’iy intellekt, 5G, bulutli hisoblash, IoT kabi ilg‘or texnologiyalar va yechimlar, shuningdek yetakchilik sifatlarini kamol toptirish, Xitoy an’analarini o‘rganish hamda Tailand va Belarusdan tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan madaniy tajriba almashishga qaratilgan “Huawei Seeds for the Future 2021” o‘quv dasturida qatnashishmoqda.

“Seeds for the Future”dasturi butun dunyo bo‘ylab 130 ta mamlakat va mintaqadan bo‘lgan ishtirokchilarni o‘zida birlashtirgan flagmanlik ta’lim loyihasi bo‘lib, unda dunyodagi 500 ta universitetning talabalari ishtirok etadi. 9000 ta eng yaxshi talabalar, jumladan Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan oflayn ishtirokchilar va 2020 yilgi loyihaning onlayn ishtirokchilari dastur bo‘yicha amaliyot o‘tadilar.

1 noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Media markazida mana 7 yildan buyon AKT yo‘nalishidagi OTM talabalariga AKT sohasidagi bilimlarini kuchaytirish, yetakchilik sifatlarini yaxshilashga oid ma’ruzalar tinglash, boshqa mamlakat talabalari bilan madaniy qadriyatlar almashish hamda Xitoy an’analari va madaniyati bilan tanishish imkoniyatini taqdim etayotgan “Seeds for the Future” ta’lim loyihasiga start berildi. O‘tgan yillarda loyiha doirasida TATUning 50 nafar talabasi Xitoyda bo‘lib, kompaniyaning bosh ofisida amaliyot o‘tashdi.

2020 yilgi pandemiya munosabati bilan “Seeds for the Future” loyihasi onlayn formatda tashkil etildi. Tuzilgan memorandumlar doirasida 2021 yilgi loyiha ishtirokchilari to‘rtta universitet – TATU, Toshkentdagi Amiti universiteti, Toshkentdagi Yodju texnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari bo‘ldi. Bu yil “Seeds for the Future” gibrid formatda O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining ofisida o‘tkazilmoqda, unda Huawei kompaniyasining Xitoydagi shtab-kvartirasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishlar, texnologiyalar bo‘yicha oldindan yozib olingan kurslar, kompaniyaning ko‘rgazma zali bo‘ylab ekskursiya va quyidagi mavzulardagi ma’ruzalarni o‘zida mujassamlashtiradi: Barqaror rivojlanishda texnologiyalarning ta’siri, “Huawei mobil serviclari” va dasturchilar uchun imkoniyatlar. Loyiha davomida ishtirokchilar o‘zlarining Tech4Good loyihasini ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanadilar, unda ular innovatsion texnologiyalarning ijtimoiy sohadagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishlari kerak bo‘ladi.

“Bu yil Huawei kompaniyasi O‘zbekistonning yetakchi IT universitetlari bilan AKT sohasidagi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan memorandumlarni imzoladi. “Seeds for the Future” loyihasi ushbu kelishuvlarning eng asosiy bandlaridan biridir, chunki u yosh AKT xodimlarining salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni yuqori texnologiyalar sohasida yutuqlarga erishishga ilhomlantirish va kompaniyamiz mutaxassislari tajribasini o‘rganish imkonini beradi. Loyiha hali ham Huawei kompaniyasining shtab-kvartirasiga tashrif buyurishsiz yangi formatda amalga oshirilmoqda, biroq biz raqamli texnologiyalar bizga mana shunday pandemiya sharoitida ham dunyo bo‘ylab talabalarni birlashtirish imkoniyatini berayotganini ko‘rib turibmiz”, dedi Huawei kompaniyasi direktorining O‘zbekistondagi o‘rinbosari janob Go Fen.

“Seeds for the Future” – Huawei kompaniyasi tomonidan o‘z korporativ ijtimoiy majburiyatini bajarish doirasida amalga oshirilgan global dasturdir. 2017-yilda O‘zbekistonning “Seeds for the Future” loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar sammitga 30 ta mamlakatdan tashrif buyurgan davlat va hukumat rahbarlari oldida loyiha taqdimoti bilan chiqish qilishdi. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Baxtiyor Saidov Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ishtirok etdi va loyiha ishtirokchilarini tabrik nutqi bilan qo‘llab-quvvatlab, IT sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash qanchalik muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing