AKT vazirligi Telegram ishlamay qolganiga munosabat bildirdi
Texnologiya
−
02 noyabr 2022
6153Bugun, 2 noyabr kuni O‘zbekistonda Telegram messenjeri faoliyatida uzilishlar kuzatildi. Telegram Uzbekistan holatga munosabat bildirib, uzilishlarni bartaraf qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
“Telegram’da bir muncha vaqt davomida aloqa uzilib qolmoqda. Jamoa bundan xabardor.
Muammo Telegram tarafida emas, biroq jamoa aloqani saqlab qolishga harakat qilmoqda”, deya uzilishlarga munosabat bildirgan Telegram Uzbekistan.
Buning ortidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Telegram’dagi uzilishlarga munosabat bildirdi.
“Telegram messenjeri ulanishidagi ba’zi foydalanuvchilardagi muammolar tufayli, u O‘zbekistonda bloklandi, deb xavotirlanishga o‘rin yo‘q”, deyiladi qisqa munosabatda.
Oradan ko‘p o‘tmay Telegram odatdagidek ishlay boshladi.
LiveBarchasi