Aksilmonopoliya Toshkent metrosi yo‘lovchi tashish majburiyatlarini buzgan deb topdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

So‘nggi vaqtlarda Toshkent metropolitenida yuz berayotgan ko‘ngilsiz holatlar xizmat ko‘rsatuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat bermoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Matbuot xizmatining bayonotida so‘z boradi.

Xabarga ko‘ra, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida yo‘lovchi tashishning asoslari belgilab qo‘yilgan.

Jumladan:

  • shahar yo‘lovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
  • yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish;
  • yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini ta’minlash.

“Ammo, “poytaxt yer ostidagi” voqealar xizmat ko‘rsatuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat bermoqda”, deyiladi xabarda.

Ushbu holatlarni va har bir yo‘lovchi iste’molchi ekanini hamda ularning haq-huquqlari O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan himoyalanishini eslatgan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi yuqorida keltirilgan muammolarni o‘z nazorati ostiga olib, metropoliten xizmatlari yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing