Aksilkorrupsiya agentligi ichki ishlar organlaridagi korrupsion omillarni o‘rganadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hududlarda ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud korrupsion omillarni o‘rganadi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi ishlari tanqidiy muhokama qilingan.

Xabarga ko‘ra, 2020 yil 12 oyi mobaynida ichki ishlar organlarining 46 nafar xodimi (2019 yilda 28 nafar)  korrupsion jinoyatlar sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shu munosabat bilan, yig‘ilishda Davlat rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ichki ishlar organlari faoliyatida kuzatilayotgan korrupsion omil va xavf-xatarlarni aniqlash hamda tahlil qilish maqsadida barcha hududlarda kompleks o‘rganishlar o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Agentlik tomonidan sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, jumladan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishlarida xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etish imkoniyatlarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing