Aksilkorrupsiya agentligi eng ko‘p o‘g‘irlik qilingan emas, eng ko‘p daromad topgan OTMlar ro‘yxatini tuzdi

Jamiyat

image

2021 yilni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti eng katta daromad shakllantirgan oliygoh bo‘ldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Agentlik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti asosida respublikadagi 62 ta davlat oliygohining 2021 yildagi daromadlari va xarajatlari haqida xabar bergan. 

Unga ko‘ra, respublika kesimida eng ko‘p daromadlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (qariyb 400 mlrd so‘m), Namangan davlat universiteti (320 mlrd so‘m) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan (315 mlrd so‘m) shakllantirilgan.

Toshkent shahrida joylashgan eng ko‘p daromad ko‘rgan 5 ta oliygoh quyidagilar:

•  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – 399 mlrd so‘m;

•  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti – 320 mlrd so‘m;

•  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti –  276 mlrd so‘m;

•  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 237 mlrd so‘m;

•  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 210 mlrd so‘m.

Qayd etilishicha, Oliy ta’lim muassasalarining daromadlari byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushgan tushumlar, rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining yillik daromadlari va xarajatlari (2022 yil 1 yanvar holatiga, mln so‘m)







Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing