O‘zbekistonliklar vafot etgan Qozog‘istondagi YTH bo‘yicha bayonot berildi  

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston g‘arbida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi vafot etgandi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 mart kuni soat 13:30 atrofida Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Aqto‘be shahri shimoliy aylanma yo‘lining sakkizinchi kilometrida KamAZ va Cobalt avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Cobalt avtomobilidagi 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan. Qurbonlarning shaxslari aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Aqto‘be shahar Ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bosh konsulxona YTH oqibatida vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatgan.

"O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga oldi va Aqto‘be shahri ichki ishlar organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi",  deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing