AQSHning yangi elchisi o‘zbekistonliklarga o‘zbek tilida videomurojaat yo‘lladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi yangi elchisi sifatida Daniyel Rozenblum tayinlangan edi. Rasmiyning tez kunlarda Toshkentga tashrif buyurishi va o‘z xizmat vazifasiga kirishishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Daniyel Rozenblum shu paytgacha AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlar bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Elchi vazifasiga kirishishdan oldin Amerika Qo‘shma Shtatlaridan turib o‘zbekistonliklarga o‘zbek tilida videomurojaat yo‘lladi. Yangi elchining videomurojaati AQSHning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan e’lon qilindi.

“Assalomu alaykum, mening ismim Daniyel Rozenblum. Amerika prezidenti tomonidan O‘zbekistonga navbatdagi AQSH elchisi etib tayinlanganim men uchun katta sharafdir”, deya boshlagan elchi o‘z videomurojaatini.

“O‘tgan 30 yil davomida menga Sharqiy Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoda o‘qish va ishlash baxti nasib etdi. O‘zbekiston tarixining eng muhim va qizg‘in davrida men Amerika vakili etib tayinlandim.

Biz prezident Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlarini olqishlaymiz. Ayniqsa, meni ta’lim sohasidagi islohotlar qiziqtiradi. Xalq kelajagi uchun yoshlar ta’lim-tarbiyasidan muhimroq narsa yo‘q. Men o‘zbek xalqining dunyoga mashhur mehmondo‘stligi, nihoyatda boy tarixi va madaniy merosi ҳақида ko‘proq bilimga ega bo‘lishni hamda go‘zal yurtingizga rafiqam Sheron, o‘g‘lim Jon va qizim Liana bilan borishni intizorlik bilan kutyapman. Tez orada sizlar bilan uchrashishga umid qilaman, omon bo‘linglar”, deydi Rozenblum.


Maqola muallifi

Teglar

O‘zbekiston-AQSH

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar