AQSHning yangi elchisi Allamjonov va Mirziyoyeva bilan uchrashdi
Jamiyat
−
09 dekabr 2022
4614Bugun, 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va Prezident Administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik va so‘z erkinligini ta’minlash, ta’lim sohasini yanada rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
“Mamlakatimizda ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish, gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV, davlat organlarining axborot xizmatlari malakasini oshirish, mediasavodxonlik va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildik”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.
LiveBarchasi