AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi Putinni “tajovuzkor” deb atadi

Olam

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yangi tayinlangan O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik xalqaro savdo va ta’minot zanjirlaridagi uzilish, mamlakatlarga sanksiya xavfining oshishiga bosh aybdor Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tajovuzkor xatti-harakatlari ekanligini aytdi.

Bu haqda u bugun, 17 noyabrda Qo‘shma Shtatlar elchixonasining birinchi matbuot anjumani doirasida ma’lum qildi.

“Markaziy Osiyo davlatlari va ularning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalariga kelsak, aniq dalil bilan aytishim mumkinki, bu davlatlar bir kechada o‘z iqtisodiy munosabatlarini o‘zgartira olmasligini tan olish kerak. Shuni aytishim kerakki, Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar aylanmasining katta qismiga sanksiyalar dahl qilmagan. Bu sanksiyalar prezident Putinning urush mashinasini   kuchsizlantirish va imkoniyatlarini cheklash uchun mo‘ljallangan. Va shunga ham urg‘u berib o‘tishim kerakki, butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat ta’minotidagi joriy uzilishlarga sabab bo‘layotganlar Amerika Qo‘shma Shtatlari yoki Evropa Ittifoqi emas.  Aynan prezident Putinning tajovuzkor harakatlari oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi. Qora dengiz don kelishuvi yaqin kunlarda yangilanishi kerak. Tahdidkor  prezident Putin esa kelishuvni yangilamoqchi emas. Boshqacha qilib aytganda, Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo xalqlari va O‘zbekiston kabi mamlakatlar savdo  aloqalarida  davom etishi,i erkin iqtisodiyotga ega bo‘lishi va sanksiyalar ta’siriga tushmasligi uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda”, dedi Janob Henik.

Anjuman avvalida elchi vazifaga tayinlangandan keyingi rejalari haqida qisqacha bayonot berar ekan, mamlakatda inson huquqlari va islohotlar bilan bog‘liq vaziyat nihoyatda katta sur’atlarda yaxshilanib borayotganini alohida qayd etdi. 

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi missiyasi mamlakat rivojiga hissa qo‘shish, ishonchli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ekanligini urg‘uladi.

O‘z navbatida,  elchi Jonatan Henik o‘z nutqida o‘zbekistonlik jurnalistlarga O‘zbekiston demokratiyasidagi muhim roli uchun minnatdorlik izhor etdi va kelajakda ular bilan yanada ochiq muloqotlar qilishga umid bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing