AQSHning Toshkentdagi elchixonasi havo sifati bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatadi
Jamiyat
−
08 mart 12610 1 daqiqa
AQSH Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi elchixoanalardagi havo sifati monitoringi dasturi orqali yig‘ilgan ma’lumotlarni “AirNow” ilovasi va boshqa platformalar orqali tarqatishni to‘xtatadi. Bu haqdagi CNN so‘rovini AQSH Davlat departamenti tasdiqlagan.
Ushbu dastur butun dunyo bo‘ylab mahalliy aholi va tadqiqotchilarga turli shaharlardagi havo sifatini tahlil qilish va taqqoslash imkonini berardi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, global havo sifati monitoringi dasturining to‘xtatilishi moliyaviy cheklovlar bilan bog‘liq va shu sababli Davlat departamenti monitoring tarmog‘ini yopishga majbur bo‘lgan. Biroq elchixonalar va konsulliklarga ichki monitoringni davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan va kelajakda mablag‘ tiklansa, ma’lumotlar almashinuvi qayta tiklanishi mumkin.
Bu byudjet qisqartirilishi Donald Tramp ma’muriyatining ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tashabbuslarni kamaytirish borasidagi keng ko‘lamli harakatlarining bir qismi ekani aytilmoqda.
AQSH elchixonalariga o‘rnatilgan monitoring qurilmalari PM2.5 zarrachalarini kuzatib boradi. Bu mayda zarrachalar nafas olish tizimiga chuqur kirib borib, nafas yo‘llari kasalliklari, yurak xastaliklari va erta o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) ko‘ra, havo ifloslanishi har yili taxminan yetti million kishining o‘limiga sabab bo‘ladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr