AQSHning Suriyadagi bazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi

Olam

image

Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidagi AQSH harbiy bazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi. Bu haqda RIA Novosti “Al-Mayadeen” telekanaliga asoslanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, raketalar Konoko neft va gaz koni hududida joylashgan Amerika bazasiga qarshi otilgan. Hujumni aniq kim amalga oshirgani hanuzgacha noma’lum.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar orasida qurbonlar bor. Shu bilan birga, yaradorlarning aniq soni ko‘rsatilmagan. Hozircha hech kim o‘q otilishi haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq Turkiyaning Kilis viloyati Suriya tomondan raketa hujumiga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing