AQSHning sobiq davlat kotibi Jorj Shuls 100 yoshida vafot etdi
Olam
−
08 fevral 2021 3210 1 daqiqa
AQSHning 60-chi davlat kotibi Jorj Shuls 100 yoshida vafot etdi. Bu haqda Stenford universiteti huzuridagi Guver instituti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, AQSHning sobiq davlat kotibi 6 fevral kuni Kaliforniya shtatida vafot etgan.
Shuls Amerika Prezidentlari Richard Nikson va Ronald Reygan ma’muriyatlarida muhim lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u Stenford oliy biznes maktabining taniqli professori bo‘lgan.
Guver institutining ta’kidlashicha, Shuls AQSH tarixidagi eng nufuzli davlat kotiblaridan biri hisoblanadi.
Xususan, u “sovuq urush”ni tugatishda Prezident Reygan bilan birga asosiy rol o‘ynagan.
Live
Barchasi