AQSHning Eron bo‘yicha yangi vakili tayinlanadi

Olam

image

AQSH Davlat departamentining yuqori martabali vakiliga ko‘ra, Prezident Jo Bayden yaqinda Barak Obama ma’muriyatining sobiq yordamchisi Robert Mellini Eron bo‘yicha yangi maxsus vakil etib tayinlashini tasdiqladi. Bu haqda Reuter xabar bermoqda.

Malli ilgari Prezidentning maxsus yordamchisi, Oq uyning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi mintaqasi bo‘yicha koordinatori bo‘lgan va Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma Harakat Rejasi (QHR)ni tuzish bo‘yicha Venadagi muzokaralarda qatnashgan. Bundan tashqari, u Obamaning “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash bo‘yicha katta maslahatchisi bo‘lgan.

“Associated Press” xabariga ko‘ra, Malli turli qarashlarga ega bo‘lgan ziyrak mutaxassislar jamoasini boshqaradi.

“Mellining tajribasi Eron yadro dasturini cheklash bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralarni o‘z ichiga oladi va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken buni qayta qila olishiga ishonadi”, deydi manba.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda aytishicha, Vashington Tehrondan QHR bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga qaytishini kutadi, so‘ngra ushbu bitimga qayta qo‘shilishga loyiqmi yoki yo‘qligini hal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing