AQSHning BMTdagi elchisi koronavirusga chalindi

Olam

image

AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild koronavirusga chalindi. Unda kasallik yengil kechmoqda va u ayni vaqtda faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda. Bu haqda bugun, 23 iyun kuni AQSHning BMTdagi doimiy vakolatxonasida jurnalistlarga ma’lum qilindi. 

So‘nggi kunlarda 69 yoshli Tomas-Grinfild AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashmagan. U 21 iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. 22 iyun kuni uning koronavirus uchun testi salbiy natijani ko‘rsatdi. 

Qayd etilishicha, Tomas-Grinfild koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlangan. 

Qo‘shma Shtatlarda so‘nggi haftalarda koronavirus infeksiyalari ko‘paydi, ammo ko‘p hollarda kasallik yengil kechmoqda. Shifoxonalarga murojaat qilish va o‘lim soni nisbatan kamaygan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing