AQSHlik ekspert davlatning qulashi yoki gullab ketishi nimaga bog‘liq ekanini tushuntirdi

Intervyu

“Davlatning obro‘si, uning qulashi yoki gullab-yashnab ketishi xalqni qay darajada birlashtirgani va ularni qay darajada nazorat qila olganiga bog‘liq. Biz yaqinda bo‘lib o‘tgan Nigeriya, Dominika Respublikasi va ayrim Karib dengizi davlatlaridagi saylovlarda soxtaliklar yuz berganini ko‘rdik. Bu ish unga ishongan jamiyat va hamkorlik qilayotgan davlatlar ko‘z o‘ngida davlatni ochiqchasiga xarob qilish hisoblanadi. Saylovlarning ochiq va shaffof o‘tishi orqali istalgan vakillarning qonuniy saylanishiga erishish mumkin. Biz ham O‘zbekistonda saylovlar shunday o‘tishini xohlaymiz”, deydi saylov kuzatuvchisi Gregori Kopli.

Bugun, 22 dekabr O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar, tuman deputatlari Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Saylovni bevosita kuzatish uchun chet eldan yuzlab xalqaro ekspertlar tashrif buyurgan. QALAMPIR.UZ tahririyati amerikalik kuzatuvchi, xalqaro strategik tadqiqotlar uyushmasi prezidenti Gregori Koplidan intrevyu oldi.

“Ochiq saylovlar odamlarga ishonch va barqarorlik taqdim etadi. Ko‘rib turganimizdek, hozirda fuqarolar mamlakatni rivojlantirishni o‘z zimmalaridagi mas’uliyat deb qarashmoqda. Ularning orzusidagi Hukumatning shakllanish jarayoni ancha vaqtni talab qiladi. Bu davlat uchun xalqaro hamjamiyatda ham muhim hisoblanadi. Bu orqali davlat o‘z obro‘sini oshiradi va mamlakatga investitsiya oqimi kirib kelishiga ko‘maklashadi.

Menga tashrifim davomida bir tarafdan Farg‘ona vodiysi, ikkinchi tarafdan Orol dengizi bo‘ylarini ko‘rish baxti nasib etdi. Ayrim mahalliy hokimliklarning saylovni qonuniy o‘tishini ta’minlashga bo‘lgan ishtiyoqi, sadoqati tahsinga loyiq. Biz ko‘rib turgan saylovlar juda yaxshi tashkil qilingan va hozircha halol olib borilmoqda. Bu O‘zbekiston uchun yangi qadam sifatida e’tirof etiladi”, deydi Gregori Kopli.

Ma’lumot uchun, ISSA (The International Strategic Studies Association) AQSHning Vashington shtatida joylashgan, milliy va xalqaro xavfsizlik, strategik siyosat bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilot hisoblanadi.  Uyushma faoliyati 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u soha mutaxassislari uchrashishi va o‘zini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashishi uchun xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing