AQSHdan qaytgan Norov Yaponiyaga ketyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston delegatsiyasining “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishidagi ishtiroki to‘g‘risida

22-25 dekabrm kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga boradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bo‘lajak tadbir kun tartibidan transport bog‘liqligi, logistika, sanoat kooperatsiyasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida hamkorlik masalalari o‘rin olgan. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri qator ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar, shuningdek, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Norov joriy yilning 12-14 dekabr kunlari AQSHga borib, davlat departamenti rahbari Entoni Blinken bilan muzokara o‘tkazgan edi. Vashingtonda Strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekiston delegatsiyasida Norovning o‘tmishdoshlari – sobiq Tashqi ishlar vazirlari Sodiq Safoyev va Abdulaziz Komilov ham bor edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing