Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘ini qariyb Lyuksemburg davlatiga teng maydonni egalladi

Olam

image_2021-08-12_16-56-21

AQSHning Kaliforniya shtati shimolida joylashgan Diksi o‘rmonidagi yong‘inlar iyul oyi o‘rtasidan beri davom etmoqda. Shtatning yong‘inga qarshi kurashish xizmatiga tayanib, TASSning xabar berishicha hozirda o‘rmondagi yong‘inlar maydoni 202 ming gektardan oshgan

Qayd etilishicha, hozirgacha yong‘inning 30 foizi bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida bir oy ichida 1045 ta noturar va 550 ta turar-joy binosi vayron bo‘lgan. Shamol, issiqlik va havodagi namlikning pastligi sababli o‘rmon yong‘ini juda tez yoyilmokda.

AQSHning g‘arbiy qismida shuningdek, Aydaxo shtatida 971 ming gektardan ortiq maydon yonmoqda. Shu bilan bir vaqtda 14 ta shtatda 105 ta yirik yong‘in o‘choqlari ham aniqlangan. Ularning ichida eng qiyin vaziyat Kaliforniya, Oregon, Vashington , Montana va Aydaxoda kuzatilmoqda.

Mamlakat g‘arbida yil boshidan buyon sodir bo‘lgan yong‘inlarning ummumiy maydoni 1,5 million gektardan oshgan.

Ma’lumot o‘rnida, hudud jihatidan en kichik davlatlardan biri — Lyuksemburgning umumiy maydoni 2 586 km²ga teng. AQSHning 2 002 km² maydoni olov ichida qolgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing