AQSHdagi otishmada yetti yashar qizcha halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Chikago shtatidagi McDonald’s restorani yonida otishma sodir bo‘ldi. Buning oqibatida yetti yashar qizcha vafot etgan, uning otasi esa og‘ir jarohat olgan. Bu xaqda mahalliy CBS Chicago telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, otishma sodir bo‘layotgan vaqtda qizcha va uning otasi restoran yaqinidagi avtomobilda bo‘lgan. Shaxsi hozircha aniqlanmagan qonunbuzar qizga qarata bir necha marotaba o‘q uzgan, politsiya uni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan, ammo shifokorlar qizning vafot etganini ma’lum qilgan. Qizning otasi esa og‘ir ahvolda shifokorlar nazorati ostida saqlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident Jo Bayden mamlakatda bu kabi vaziyatlar soni ortib borayotgani bois, qurol ishlatish borasidagi qonun-qoidalar tartibga olinmaguncha, xotirjam bo‘lmasligini ta’kidlagandi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtati Ostin shahrida ham otishma sodir bo‘lib, oqibatda uch kishi halok bo‘lgandi.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing