AQSHdagi qor bo‘roni tufayli qurbonlar soni ortdi

Olam

image

Kecha, 25 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida sodir bo‘lgan qor bo‘roni qurbonlari soni 46 nafarga yetdi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

O‘lim holatlari 12 shtatda qayd etilgan: Kolorado, Illinoys, Kanzas, Kentukki, Michigan, Missuri, Nebraska, Nyu-York, Ogayo, Oklaxoma, Tennessi va Viskonsin.

Millionlab odamlar vaziyatning yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirildi, yuz minglab odamlar (dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 200 ming amerikalik haqida gap ketmoqda) elektr ta’minotisiz qoldi.

Avvalroq qor bo‘roni tufayli 35 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yakshanba kuni tushdan keyin butun mamlakat bo‘ylab 5000 dan ortiq ichki va xalqaro reyslar bekor qilingan. 11 mingdan ortiq reys kechiktirilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing