AQSHdagi g‘alati bayram: Sug‘ur kuni qanday o‘tdi?

Bu qiziq

image

1993 yilda rejissyor Harold Remis tomonidan suratga olingan “Sug‘ur kuni” filmi ko‘pchilikka tanish. Ushbu kinoda tasvirlangan an’ana esa hali hamon davom etib kelmoqda. Kecha, 2 fevral kuni AQSHning Pensilvaniya shtatida joylashgan Panksatoni shaharchasida “Sug‘ur kuni” nishonlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Minglab tomoshabinlar afsonaviy Fil ismli sug‘urning yillik ob-havo haqidagi bashoratini ko‘rish uchun yig‘ildi.
Xalq rivoyatlarida aytilishicha, agar mashhur kemiruvchi tong saharda o‘z soyasini ko‘rib qochib ketsa, demak qish yana olti hafta davom etadi. U o‘z soyasini ko‘rmasa, bu bahor fasli o‘z vaqtida kirib kelishidan dalolat beradi. 

2024 yilgi sug‘ur bashoratiga ko‘ra qishning davom etishi yana 6 haftaga cho‘ziladi.

Ma’lumot uchun, bu bayram Amerikada nishonlanishiga qaramasdan asl tarixi Yevropaga borib taqaladi.

Tarixchilarning ta’kidlashicha, avval Germaniyada ob-havoni bashorat qiluvchi kemiruvchi g‘oyasi paydo bo‘lgan. Keyin muhojirlar bu an’anani o‘zlari bilan AQSHga olib borgan.  Hatto Pensilvaniya shtatining Berks okrugidagi tarix jamiyati tomonidan himoyalangan qo‘lyozmada ham bu haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Boshqa manbalarga ko‘ra, “Sug‘ur kuni” an’anasi 1880 yillarga borib taqaladi. O‘shanda Qo‘shma Shtatlarga bu an’analarni Pensilvaniyadagi ko‘chmanchi gollandlar olib kelib, fasllarni bashorat qilish uchun tipratikan va bo‘rsiqqa murojaat qilgan. Yillar davomida bu hayvon sug‘urga o‘zgargan.

Ulkanbayeva Rayxona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing