AQSHdagi eng boy ayollardan biri Instagram rekordini yangiladi

Bu qiziq

image

Kayli Jenner Insatgram’da 300 million obunachiga ega birinchi ayol bo‘ldi. U mashhurlikda Ariana Grande, Selena Gomes va Duyeyn Jonsonni ortda qoldirdi. 

Kaylining yulduzli opasi Kim Kardashyan hali 300 million raqamni zabt etmagan (uning 278 million obunachisi bor). Ma’lumotlarga ko‘ra, Kayli Jennerning akkaunti Krishtianu Ronaldu (390 million obunachi) va Lionel Messining (300 million) sahifalari bilan birga ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhurlaridan biri hisoblanadi.

Ronaldu, Jenner va Messidan keyin eng mashhur odamlar Ariana Grande, Selena Gomes va Duyeyn Jonson (har birida 289 million obunachi bor) hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Kayli Jenner aktrisa, supermodel va “Keeping Up with the Kardashian” realiti-shousi ishtirokchisi. 2015 yilda Jenner “Kylie Cosmetics” go‘zallik kompaniyasiga asos solgan. 

2019 yilda Forbes uning boyligini 1 milliard dollarga baholadi, ammo Jenner bir necha yil davomida biznes ko‘lamini oshirib yuborgani uchun uni tez orada milliarderlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Shunga qaramasdan yulduz AQSHdagi eng boy ayollardan biri bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1850

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing