AQSHdagi aeroportda ichida 126 kishi bo‘lgan samolyot yonib ketdi
Olam
−
22 iyun 2022
10054Dominikan Respublikasining “Red Air” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Mayami xalqaro aeroportiga (AQSHning Florida shtati) qo‘nganidan so‘ng, yonib ketdi. Bu haqda NBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 21 iyun kuni samolyot mahalliy vaqt bilan soat 17:30 atrofida aeroportga qo‘ngan. Shundan so‘ng, oldingi shassi ishlamay qolgan va samolyot yonib ketgan, biroq yong‘in tezda o‘chirilgan.
Samolyot bortida 126 kishi bo‘lgan. Aeroport vakilining SNN telekanaliga ma’lum qilishicha, uch kishi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Qolgan yo‘lovchilar avtobusda terminalga olib borilgan.
LiveBarchasi