AQSHda yuzlab jurnalistlar Falastindagi ahvolni xolis yoritishga chaqirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHda yuzlab jurnalistlar Yaqin Sharq, xususan Isroil tomonidan bosib olingan Falastin yerlari va G‘azo sektoridagi voqelikni xolis yoritishni talab qilib, qo‘shma bayonot berdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

514 nafar OAV xodimi imzo chekkan bayonotda Isroil okkupatsiyasini zudlik bilan to‘xtatish va falastinliklarga tizimli bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirilgan. Imzo chekkan jurnalistlar orasida “Washington Post”, “Wall Street Journal” va “Los Angeles Times” kabi nashrlar xodimlari bor.

“Haqiqatni izlash va qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish jurnalistikaning asosiy tamoyillari hisoblanadi. Biroq, o‘nlab yillar davomida bizning yangiliklar sektorimiz Isroil-Falastin masalasida ushbu qadriyatlarni unutgan. Biz asosiy omillarni – Isroilning bosib olish siyosati va aparteid rejimini e’tiborsiz qoldirib, o‘quvchilarimizga pand berdik”, deyiladi hujjatda.

Isroil tomonidan bloklanib, “Ochiq osmon ostidagi eng katta qamoqxona” deb nom olgan G‘azo sektoriga 10 – 21 may kunlari zarbalar berildi. Buning oqibatida 254 falastinlik, jumladan 66 bola va 39 ayol halok bo‘ldi. 1948 nafar falastinlik turli darajada jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing