AQSHda yuqori lavozimda ishlagan 29 yashar yigit Mirzayevga maslahatchi bo‘ldi

Jamiyat 49639
image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli kompaniyalarida ishlagan Shohruh Isaqulov Sirdaryo viloyati hokimi maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, 29 yashar Shohruh Norqulovich Isaqulov Sirdaryo viloyat hokimining Turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Yangi lavozimga qadar u Sirdaryo viloyati Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Shohruh Isaqulov 1991 yil 1 martda Guliston shahrida tug‘ilgan. 2011 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kanzas Shtati “Nyuman" universiteti (Newman University), 2014 yil AQSH Kanzas Shtati "Frends" universiteti (Friends University)ni tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida AQSHda joylashgan turli nufuzli kompaniyalarda ma’sul lavozimlarda ishlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Shohruh Isaqulov AQSH Illinoys Shtati “Prays Voterxaus Kupers soliq, audit va konsalting kompaniyasi” (Pricewaterhouse Coopers, Audit and Assurance, Consulting and Tax services) audit va konsalting bo‘limining bosh auditori va konsultant-maslahatchisi, Amerika Qo‘shma Shtatlari Illinoys Shtati “KPMJ soliq, audit va konsalting kompaniyasi” (KPMG Tax, Auditing, and Consulting Company) audit va konsultantlik bo‘limining bosh auditori va konsultant-maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 sentyabr kuni viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Abdug‘affor Tillaboyevich Xojimatov tayinlangan edi.

Ahrorbek Hayrullayev

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1214
Reyting: 2.9
t
×