AQSHda yil avtomobili aniqlandi
Bu qiziq
−
19 yanvar 2023 10859 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlarida “Yilning eng yaxshi avtomobili" tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda “iXBT.com” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tanlovda turli ishlab chiqaruvchilarning jami 47 rusumdagi avtomobillari ishtirok etgan. 26 tasi yarim finalga saralab olingan, 9 tasi esa finalga yo‘l olgan.
Transport vositalari AQSH va Kanadadan kelgan 50 ta avtojurnalist tomonidan uchta toifada saralangan.
Acura Integra AQSHda yilning eng yaxshi avtomobili deb topilgan. Yakuniy ovoz berishda u Genesis G80 va Nissan Z ni mag‘lub etgan.
Kia EV6 AQSHda yilning eng yaxshi krossoveriga aylangan. Yakuniy jangda esa Genesis GV60 va Cadillac Lyriq g‘olib bo‘lgan.

Ford F-150 Lightning yilning eng yaxshi pikapiga aylandi va bu “Blue Oval” kompaniyasining ketma-ket uchinchi g‘alabasi bo‘lgan. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Ford Maverick eng yaxshi krossoverlar qatoridan joy olgan, 2021 yilda esa Ford F-150 eng yaxshi pikap deb topilgan.

Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi