AQSHda o‘zbekistonlik 11 yilga qamaldi

Olam

image

Kecha, 10 avgust kuni AQSHning Bruklin federal sudida ISHID va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotiga moddiy yordam berishda aybdor deb topilgan O‘zbekiston fuqarosi Dilshod Husanov 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Nyu-Yorkning Sharqiy okrugi sudi xabar bergan.

Sudya Uilyam F.Kuns II o‘zbekistonlik Husanov Illinoys shtati Chikago shahrida yashab kelgan o‘zbekistonlik terrorchilarga yordam berishda aybdor deb topgan. Dilshod Husanov 2021 yil oktyabr oyida o‘ziga qo‘yilgan ayblovni tan olgan qayd etilgan.

Sud materialiga ko‘ra, Husanov 2014-2015 yillarda ISHID va “Jabhat an-Nusra” safiga qo‘shilib, jang qilish istagidagilarni Suriyaga yo‘llash uchun pul yig‘adigan moliyaviy tarmoq a’zosi bo‘lgan. Moliyaviy tarmoq “choyxona” deb atalgan. Husanov moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmay, atrofidagilarni Suriyada jang qilishga da’vat qilgan. Xususan, Husanov 2014 yil 28 sentyabr kuni tanishi Akmal Zokirovni “jihod”ga undagan. Shuningdek, o‘sha yili Bruklinda yashovchi Abdurasul Jo‘raboyev va Ahror Saidahmetov ISHID safida jang qilish uchun Suriyaga borishni rejalashtirishgan. Husanov ularga moliyaviy yordam bergan.

2015 yilning fevralida Abror Habibov, Zokirov, Azizjon Rahmatov va Dilhayot Qosimov Saidahmetovning Suriyaga safari va xarajatlari uchun pul ajratish masalasini muhokama qilgan. Shuningdek, Rahmatov va Zokirov Saidahmetovning yo‘l kirasini to‘lash uchun boshqalardan tilanchilik qilishga kelishib olgan. Zokirov o‘sha paytda Illinoys shtatida bo‘lgan sudlanuvchi bilan bog‘lanib, undan Saidahmetovning safari uchun pul ajratishini, shuningdek, yana bir odamdan pul berishini so‘ragan. Husanov rozi bo‘lib, Saidahmetov jo‘nab ketishidan oldin pulni Zokirovning bank hisob raqamiga o‘tkazgan. Saidahmetov 2015 yilning fevralida Jon Kennedi xalqaro aeroportida Suriyaga yo‘l olgan xorijlik jangchilar uchun umumiy tranzit punkti hisoblangan Turkiyaning Istanbul shahriga uchayotgan samolyotda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, Husanov til biriktirish bilan bog‘liq ikkita jinoiy ish bo‘yicha sudlangan yetti nafar sudlanuvchining oltinchisi. Bungacha Jo‘raboyev, Saidahmetov va Qosimovning har biri 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan; Rahmatov 12,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan; va Zokirov taxminan yetti yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etildgan. Habibov hukm chiqarilishini kutmoqda.

Husanov jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing