AQSHda toshqin sabab 21 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
23 avgust 2021
5014AQSH sharqidagi Tennessi shtatida joriy yil 21 avgust kuni boshlangan suv toshqini oqibatida bugungacha kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda rasmiylar 51 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblamoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari esa davom etyapti.
AQSH Prezidenti Jo Bayden xalqqa murojaat qilib, suv toshqini munosabati bilan oilalarga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, ma’muriyat bunday og‘ir kunda mahalliy aholiga kerak bo‘lgan har qanday yordamni berishga tayyorligini aytdi.
Ma’lumot o‘rnida, Tennessi shtatida suv toshqini 20 avgustdan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘ldi. Ba’zi shaharlarda kunlik yomg‘irlar miqdori rekord darajaga yetdi. Shtatning favqulodda vaziyatlar boshqarmasi suv toshqini xavfining uchinchi darajasini e’lon qildi va aholini mashinadan chiqmaslikka, suv bosgan yo‘llardan qochishga chaqirdi.
LiveBarchasi