AQSHda samolyot turar-joyga urilib, yonib ketdi (video)

Olam

image

AQSHning Nyu-Gempshir shtatidagi Kin shahrida kichik o‘lchamli samolyot turar-joy binosi ustiga quladi, barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi, xonadon ahli jabrlanmadi. Bu haqda mahalliy ma’muriyat xabar berdi.

“Kin aeroporti yaqinida samolyot bir necha oila istiqomat qiladigan turar-joy binosiga qulab tushdi... Aholidan hech kim jabrlanmagan. Afsuski, barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi”, deyiladi shahar ma’muriyati ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

Bundan tashqari, ma’muriyat hodisa haqidagi ma’lumotlar AQSH Federal aviatsiya boshqarmasiga (FAA) o‘tkazilganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing