AQSHda portlash tahdidi sabab uchta universitet evakuatsiya qilindi
Olam
−
08 noyabr 2021
3626AQSHning Kolumbiya, Kornell va Braun universitetlari portlash xavfi borligi haqidagi xabardan keyin, o‘z kampuslarini qisman evakuatsiya qildi.
Kolumbiya universiteti bir nechta binolarda bomba portlashi xavf borligi haqidagi xabarlarn olgach, kampus bo‘ylab favqulodda ogohlantirish e’lon qildi. “Columbia Daily Spectator University” gazetasining yozishicha, shundan so‘ng ikkita bino evakuatsiya qilingan.
Keyinroq portlash haqidagi xabar yolg‘on ekani ma’lum bo‘lgan. Hozirda binoga qayta joylashishi mumkinligi aytilgan.
Kornell universiteti o‘zining saytida va Twitter sahifasida e’lon berib, talabalar va xodimlardan kampusni tark etishni so‘ragan.
“Itaka kampusidagi bomba tahdidi yuzasidan politsiya tekshiruvlari davom etmoqda va binolar tozalanmoqda. Iltimos, markaziy kampusdan uzoqroq turing”, deyiladi universitet xabarida.
Braun universiteti ham bomba tahdidi tufayli kampusning bir qismini evakuatsiya qildi.
Qayd etilishicha, tahdidlar ortida kim turgani va bu uch harakat muvofiqlashtirilganmi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.
LiveBarchasi