AQSHda maktab yaqiniga harbiy samolyot quladi. Qurbonlar bor

Olam

image
AQSHning Alabama shtatida AQSH dengiz kuchlari samolyoti qulab tushgan. Bu haqda "NewsNation Now" portali xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 23 oktyabr kuni tushdan keyin Foli shahrida harbiy samolyot qulab tushgan. U maktab yaqiniga yiqilgan. Falokat natijasida kamida ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
 
"Mahalliy aholidan hech kim jabr ko‘rmadi. Mudofaa vazirligi va harbiy-dengiz floti rasmiylari tergov o‘tkazadi", deyilgan xabarlarda. 
 
Ma’lumot uchun, samolyot qulashi sodir bo‘lgan joydagi uylardan biri yonib ketgan.

Maqola muallifi

Teglar

Harbiy samolyot

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar