AQSHda maktab o‘quvchisi o‘zi yasagan bombani portlatib yubordi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Michigan shtatidagi Nyueygo okrugida maktab o‘quvchisi tasodifan bomba portlatdi, deydi mahalliy politsiya.

“Dastlabki tergov shuni ko‘rsatdiki, 16 yoshli o‘quvchi maktabga olib kelgan qo‘lbola portlovchi moslamasini tasodifan portlatib yuborgan” deyiladi politsiya xabarida.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida o‘quvchining to‘rt sinfdoshi, shuningdek, uning o‘zi ham jarohat olgan. Keyinchalik, politsiya aniqlik kiritishicha, bir necha o‘quvchining ota-onasi, shuningdek, sinf rahbari yengil jarohatlar bilan kasalxonaga murojaat qilgan. Favqulodda vaziyat tufayli ta’lim muassasasi o‘quvchilari evakuatsiya qilingan.

2019 yil may oyida ham AQSHda 16 yoshli uch bola maktabda bomba portlatishga tayyorlanishda gumon qilinib hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing