AQSHda koronavirusga qayta chalinish holati aniqlandi

Olam

image

AQSHda bir erkak ikki marotaba koronavirusga chalindi. Kasallik alomatlari esa turlicha bo‘lgan. Bu haqda SNN xabar bermoqda. 

Jorjiya shtatidagi Meykon shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli Jordan Joz birinchi marta mart oyida koronavirus yuqtirgan edi. O‘shanda unda yuqori harorat, nafas qisishi va tana og‘rig‘i kabi alomatlar kuzatilgan. 

Oradan ikki oy o‘tgach, uning qonida antitanalar paydo bo‘lgan, umumiy ahvoli yaxshilangan.

Biroq, iyul oyida u birdan ishtahasini yo‘qotgan va o‘zida kuchli charchoq his qilgan. Shu sababdan ko‘chaga ham chiqolmagan, hatto, telefonda ham uzoq suhbatlasha olmagan. Jozi koronavirusga test topshirganda, unda yana musbat natija aniqlangan. 

Minnesota Universiteti professori, doktor Syuzan Klaynning ta’kidlashicha, bunday holat koronavirusni qayta yuqtirib olish mumkinligiga misol bo‘la oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni aniqlash uchun shifokorlar virus namunalarining genetik ketma-ketligini amalga oshirishi kerak.

Ma’lumot uchun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 36 millionga yaqinlashmoqda. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing