AQSHda Kongress uchun saylovlar o‘tkazilyapti

Olam

image

AQSHda Kongress saylovlari uchun asosiy ovoz berish kuni boshlandi. Mahalliy vaqt bilan ertalab soat 5:00 da (Toshkent vaqti bilan 15:00) Vermont shtatidagi ba’zi uchastkalar ochildi.

Ovoz berish jarayonida amerikaliklar Vakillar palatasini to‘liq, shuningdek, Senatning 100 a’zosidan 35 nafarini qayta saylaydi.

Kongress saylovlaridan tashqari 36 shtat va AQSHning uchta chet el hududida gubernatorlik saylovlari bo‘lib o‘tyapti; 46 shtat to‘liq yoki qisman qayta saylangan qonun chiqaruvchi organlarga ega bo‘ladi.

Asosiy saylov uchastkalari ochilgunga qadar 42 milliondan ortiq saylovchi pochta orqali ovoz berdi.

Saylov uchastkalari oxirgi bo‘lib Alyaskada yopiladi (Tokshent vaqti bilan 9 noyabr soat 11:00).

Hozir Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni demokratlar egallab turibdi, Senatda respublikachilar 50 o‘ringa, demokratlar 48 o‘ringa ega (yana ikkita o‘rinni ko‘proq demokratlarni qo‘llab-quvvatlovchi mustaqil siyosatchilar egallaydi). Prognozlar shuni ko‘rsatyaptiki, yangi saylovlarda respublikachilar Kongressning har ikki palatasida ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Bayden o‘z rejalarini amalga oshirishda muammolarga duch kelishi turgan gap.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing