AQSHda qurol muomalasini cheklash to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi mamlakatda qurol-yarog‘ aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Kecha, 8 iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuv C-SPAN telekanali tomonidan efirga uzatildi.

Ta’kidlanishicha, 223 nafar kongressmen tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, 204 nafari unga qarshi chiqqan. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlarda hukmron Demokratik partiya qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan, Respublikachilar partiyasi esa unga qarshi chiqqan.

Hujjat matniga ko‘ra, chora-tadbirlar qurol aylanishi bilan bog‘liq ayrim qonunbuzarliklar uchun qattiqroq jazo choralarini ko‘rish va yuqori sig‘imli o‘qdonlarni sotuvga qo‘yilishini taqiqlashni o‘z ichiga oladi.

Qonun loyihasi AQSH Senati tomonidan qabul qilingan taqdirda, yarim avtomatik miltiqlarni sotib olish mumkin bo‘lgan yosh 18 dan 21 yoshgacha ko‘tariladi. Biroq, tashabbus respublikachilarning pozitsiyasi tufayli kerakli yordamni olmasligi mumkin.

Avvalroq, amerikalik aktyor Metyu MakKonaxi AQSHda qurol-yarog‘ nazoratini kuchaytirish kerakligini aytgan. U ona shahri Yuvaldeda ko‘plab odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan otishma yuz bergach, shunday fikr bildirgan.

Joriy yilning 24 may kuni Texasning Yuvalde shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Oqibatda 19 nafar bola va ikki o‘qituvchi vafot etdi. Bu hodisadan faqat bitta qiz qochishga muvaffaq bo‘ldi.

22 may kuni AQSHning janubi-g‘arbida San-Bernardino shahridagi chilimxonada otishma sodir bo‘ldi. Ushbu hodisada to‘qqiz kishi yaralandi, bir kishi esa vafot etdi. Guvohlarning aytishicha, otishma bino ichida boshlangan, keyin avtoturargohga ko‘chgan.

3 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi ommaviy otishmalarning ko‘payishi sababli qurol-yarog‘ nazoratini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Amerikada qurollarni o‘zi bilan olib yurish aksariyat shtatlarda qonuniydir. Men, Luiziana va Alyaska shtatlari qurolga egalik qilish tartibi eng yengil hududlar hisoblanadi. 43 shtatda qurol sotib olishda litsenziya so‘ralmaydi.

 

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing