AQSHda ikki yuzli mushukcha dunyoga keldi

Olam

image

AQSHning Oregon shtatida ikki yuzli mushukcha 20 may kuni dunyoga keldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Gravy Bun“ deb nomlangan mushukchada ikkita burun, to‘rtta ko‘z va ikkita kichkina og‘iz va bitta miya bor edi. Mushukchaning ikki yuzliligi ovqatlanish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tug‘dirmadi. Lekin, mushukcha ko‘p yashamadi. Tug‘ilganidan 4 kun o‘tib vafot etdi.

“U ko‘p yedi, ammo o‘smadi. Ikki yuzli katta boshni ushlab turish unga qiyin bo‘ldi“ deb yozadi mushuk egasi Facebook'da.

Garchi bunday mushukchalar odatda 10 kundan ortiq yashamasa ham, Frank va Lui ismli ikki yuzli mushuk 15 yil yashab, 2006 yilda Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing