AQSHda buldoglarning go‘zallik tanlovi o‘tkazildi (video)

Bu qiziq

image

“Eng yoqimtoy buldog” nomli Amerika itlari go‘zallik tanlovida bu yil "Qovoq" laqabli it g‘olib bo‘ldi. Bu haqda "Ruptly" Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqa 45-marotaba o‘tkazilmoqda. 

"Hakamlar hay’ati oldida qiyin vazifa turardi – ular bir vaqtning o‘zida 30 ta itdan eng yoqimtoyi va jozibadorini tanlashi kerak edi. E’tiborlisi, musobaqada ishtirok etish uchun birorta murakkab qoida yo‘q: Itingiz "buldog" zotiga mos kelishi va hakamlarni xursand qilishi kerak, xolos", deyiladi xabarda.

G‘alaba qozonish uchun it egalari uy hayvonlarini eng g‘ayrioddiy kiyimlarda hamda turli xil fokuslarda namoyish etishgan. Oxir-oqibat, barcha raqiblarini mag‘lub etgan "Qovoq" laqabli buldog g‘alaba qozongan. G‘alabasi uchun it toj, libos va tort bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

“Eng yoqimtoy bul'dog”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar