AQSHda Baydenga suiqasd tayyorlagan shaxs hibsga olindi
Olam
−
29 yanvar 2022
6471AQSHning Kanzas shtatida yashovchi shaxs mamlakat Prezidenti Jo Baydenga suiqasd uyushtirish bilan tahdid qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Daily Beast” nashri xabar bermoqda.
Qo‘lga olingan Skott Merrimanning ta’kidlashicha, Xudo unga Vashingtonga borib, “millatning yuragidagi ilonning boshini kesib tashlashni” buyurgan.
“New York Post” gazetasining yozishicha, Skott Merriman, avvalroq, maxfiy xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilib, Prezidentni ko‘rish uchun Vashingtonga ketayotgani haqida xabar bergan. U huquq-tartibot idoralari vakillariga Baydenga odamlar mamlakatdagi bo‘linishdan to‘yganini aytish uchun Oq uyga ketayotganini aytgan.
Merriman, shuningdek, o‘zining Facebook sahifasida bir qancha tahdidli postlar yozgan.
Joriy yilning 26 yanvar kuni maxfiy xizmat xodimlari Merrimanni Kanzasdan Merilendga ketayotganida restoranlardan birining avtoturargohida hibsga olgan.
Unda yuklangan jurnal va nishonlarni kuzatish uchun optik naycha borligi aniqlangan. “New York Post” nashriga ko‘ra, unga nisbatan kecha, 28 yanvar kuni jinoiy ish ochilgan.
LiveBarchasi