AQSHda Bayden ma’muriyatini sudga berishmoqchi

Olam

image

Texas bosh prokurori Ken Pakston AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyatini sudga bermoqchi. Bu haqda prokuratura saytida xabar berildi.

Bayonotga ko‘ra, Pakston 2023 moliya yili uchun davlat byudjetining noqonuniy imzolanishi va ijrosi yuzasidan sudga murojaat qilmoqda. Vakillar palatasi kvorum bo‘lmaganda 1,7 trillion dollarlik byudjetni ma’qullagani aytiladi. 

Bosh prokurorga ko‘ra, bu AQSH konstitutsiyasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

"Men Bayden ma’muriyatini ushbu qonun loyihasini to‘xtatish uchun sudga beraman, chunki bu loyiha qonuniy ravishda qabul qilinmagan va konstitutsiyaga ziddir", dedi Pakston. 

Uning eslatishicha, qonun loyihalarini qabul qilish uchun Vakillar palatasi a’zolarining kamida yarmi shaxsan ishtirok etishi zarur. Bunda kongressmenlarning yarmidan ko‘pi masofadan turib ovoz bergan.

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashish” jismoniy imkoniyati mavjudligini bildirganligi sababli, AQSH konstitutsiyasi masofaviy ovoz berishni kvorum uchun asos bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deya xulosa qildi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing