AQSHda 51-shtat paydo bo‘lishi mumkin

Olam

image

AQSH Vakillar palatasi kecha, 22 aprel kuni mamlakat poytaxti Vashingtonni (Kolumbiya okrugi) 51-shtat deb tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini yoqlab, ovoz berdi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

“Bugungi g‘alaba okrug aholisi uchun ham, Kolumbiya okrugining davlatchiligini ta’minlash uchun ham tarixiy ahamiyatga ega edi”, deydi AQSH Vakillar palatasining Vashingtondan vakili Eleonora Norton.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Kongressining quyi palatasi tegishli hujjatni qabul qilgan bo‘lsa-da, Senatning ushbu loyihani ma’qullashi ehtimoldan yiroq. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yili ham Vakillar Palatasi bunday hujjatni yoqlab ovoz bergan, ammo o‘sha paytda Respublikachilar tomonidan nazorat qilingan Senatning katta qismi uni qabul qilmagan. 

Bu safar esa Senatda Demokratlar yetakchilik qilmoqda, ammo bu hujjatning ma’qullanishi uchun ularning ovozi ham kamlik qiladi.

Agar Kolumbiya okrugi shtatga aylansa, bu uning ixtiyoriga ikki senator va Kongressning quyi palatasida bitta ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan vakilni taqdim qiladi.

Avvalroq Puerto-Rikoning AQSHga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. 

Ma’lumot uchun, AQSHning birinchi shtati – 1787 yilda tashkil qilingan Delaver bo‘lgan. Oxiri bo‘lib 1959 yilda Alyaska va Gavayi Amerika shtatlari qatoridan joy olgan. Har bir shtat mamlakat konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda ichki siyosiy mustaqillik, bayrog‘ va shiorga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing