AQSHda 22 yoshli talaba umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH sudi 2019 yilda Kaliforniyadagi yahudiylar sinagogasida otishma uyushtirgan amerikalik Jon Ernestni muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.  

Shunday qilib, 22 yoshli Ernest umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa-da, sodir etgan jinoyatlari uchun unga xavf solayotgan o‘lim jazosidan qutulib qolgan.

Ma’lum qilinishicha, Ernest aybini tan olish uchun prokuratura bilan bitim tuzgan. AQSH Adliya vazirligiga ko‘ra, aynan mana shu bitim 22 yoshli talabaga o‘lim jazosini umrbod qamoq bilan almashtirishga imkon bergan.

Ma’lumot o‘rnida, Ernestga 109 ta punkt bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. U 2019 yilning aprel oyi oxirida Kaliforniya shtatining San-Diyego yaqinidagi ibodatxonada diniy bayramni nishonlayotgan yahudiylarga hujum qilgan. Buning oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, yana 3 kishi jarohatlangan. O‘sha vaqtda ibodatxonada 100 kishi bo‘lgan.

Avtomat bilan qurollangan Ernest kamida 10 marta o‘q uzgan. Biroq, nosozlik sabab avtomat o‘q uzishdan to‘xtagan. Shundan so‘ng, jinoyatchi ibodatxonadan qochib chiqib, voqea joyidan yashiringan. Yakunda uning o‘zi otishma haqida huquq-tartibot xodimlariga xabar berib, taslim bo‘lgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari antisemitizmga qarshi ligasi (ADL) ga ko‘ra, 2020 yil may oyida mamlakatda antisemitizm bilan bog‘liq jinoyatlar rekord darajaga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1350

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing