AQSH Yaponiyani yadro quroli bilan himoya qiladi – Ostin

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar an’anaviy qurollar va uning yadroviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda Yaponiyani ehtimoliy tahdidlardan himoya qilmoqchi. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaponiya Mudofaa vaziri Yasukazu Xamada bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. Bu haqda Pentagon bayonotida keltirilgan. 

Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Amerika Yaponiyani to‘liq an’anaviy qurollar va yadroviy salohiyati bilan himoya qilishga tayyor.

“Bizning javobimiz Yaponiya va boshqa ittifoqchi va hamkorlar bilan birgalikda mas’uliyatli, ishonchli va qat’iy bo‘lib qoladi”, deydi u.

Shuningdek, Pentagon rahbari Qo‘shma Shtatlarning Yaponiya bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirish istagini e’lon qilib, ikki davlat ittifoqini Hind-Tinch okeani mintaqasi xavfsizligini ta’minlashda “burchak toshi” deb atagan.

Uchrashuvda Ostin va uning hamkasbi Xitoyning Tayvanga nisbatan va Yaponiya chegaralari yaqinidagi harakatlarini muhokama qilgan. Ostin ushbu harakatlarni qoralab, ularni tajovuzkor va provokatsion deb atagan. Shu bilan birga, ular Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing